Muhammadjon OzodjonovMuhammadjon Ozodjonovblog

Scene 3 · OCT 2026 · 1 min

Lutfim

Hiylagar oy, so’rma, bilasan
Kanal bo’yi, yolg’iz tunlarda
Yodga Lutfinisa solasan
U kulgan on har bir chamanda.

Sehrgar dilbar, faqat u dedim
Endi u yo’q, faqat xotira.
Qalbimdagi o’chmas o’sha kun,
Muhrlandi har bir tomchiga.

Esimda bor: bir tong saharda
Kelding qo’lda ko’za ko’tarib.
Kulging yayrar edi qirlarda,
Charchoqlar ketti tarqalib.

Keyin o’sha qora kun keldi,
Osmon qulab tushdi boshimga,
Kim bilardi, taqdir shu edi,
Endi faqat so’yladim oyga.

Nega, oy, sen jim qarab turding?
Nega uni asray olmading.
Dema bunda men g’ofil edim,
Bir chiroqni yoqib qolmading!

Kanal suvi ko’z yoshga to’ldi,
Qirq besh kun ketmon urildi.
Har zarbada noming aytildi,
To’kdim qumni seni unutmay.

Mana, keldi suv,
Qizlar yuzi kulgiga to’ldi.
Faqat bir qalb qoldi xuvillab,
Sen ko’rmading bu kunni, Lutfim.

Hiylagar oy, senga bir so’zim,
Yetkaz unga mening maktubim.
Ayt: suv oqdi, Azizxoning qahramon bo’ldi
Mangu qoldi, qoldi muhabbat.

FADE OUT.

What do you think?
CUT TO:Scene 2. You don't love by standards